Dissertatisya
Bosh sahifa
So‘rovnoma
Natijalar
Muallif / Dissertatsiya
🔒 Admin
So‘rovnoma
Tibbiy muloqot anketasi
Tibbiy muloqot bo'yicha to'liq anketa.
F.I.Sh.
Jinsi
Tanlang
Erkak
Ayol
Yosh
Kasbi
Tanlang
Shifokor
O'qituvchi
Talaba
Boshqa
Email
1. Nima deb o'ylaysiz, tibbiy muloqot maqsadiga erishish uchun, shifokor bemor oldiga kirganda birinchi salom berishi kerakmi yoki bemor berishi kerakmi?
*
Shifokor berishi kerak, chunki bu bemor bilan orasidagi muloqot chegaralarini yo'qotishga yordam beradi
Bemor berishi kerak, bu esa shifokorga bo'lgan munosabatini bildiradi
Rasmiylikdan qochib, shifokor boshqa taktikalardan foydalanishi kerak (masalan, savol, e'tirof)
Bemor bilan salom-aliksiz, bemor holatiga qarab ish tutish kerak
2. Har doim ham bemor shikoyatini oxirigacha tinglash kerakmi, yoki tahlil natijalariga ko'ra davolash ishlarini olib borsa ham natija bir xil bo'ladimi?
*
Bemorning shikoyatlarni bayon qilishi shifokor uchun tahlillar bo'yicha xulosa qilishga yordam beradi
Shifokorni chalg'itadi, chunki bayon qilishda individual yondashuvlar ustunlik qiladi, bemor o'zi xohlagandek kasallikni ta'riflaydi
Bemor umuman rost gapirmasligi mumkin
Bemor 'meni eshitdi, ahvolimni biladi' degan ishonch bilan davolanishga harakat qiladi
3. Og'ir tashxislar bilan bemorni xabardor qilish zarur bo'lganda, eng maqul so'z-iboralari qaysilar?
*
Kasallik biz o'ylagandan ko'ra jiddiy
Taxmin qilishimizcha kasallik avj olyapti
Xozircha aniq bir nima deyolmaymiz, lekin ozgina xavf borga o'xshaydi
Ehtimol biz adashayotgandirmiz
4. Qaysi strategiyalar bemorni davolanishiga undaydi?
*
Mexribonchilik ko'rsatish
Qo'llab-quvvatlash
Ishontirish strategiyasi
Tushuntirish strategiyasi
5. Tushuntirish strategiyalarida eng muhim faktorlar nima?
*
Faqat tahlillarga asoslanib olish
Salbiy oqibatlarni ochiqdan-ochiq aytib o'tish
Xavotirni yo'q qilib, tinchlantirib qo'yish
Ogohlantirish, chegaralash
6. Sog'lig'iga befarq bemorlarni qanday muloqat orqali e'tiborli qilish mumkin?
*
Yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy natijalarni yashirmasdan aytish
O'ziga o'xshagan real bemorlar uchragan real oqibatlar haqida so'zlab berish
Sog'liq topib bo'lmas ne'mat ekanligini tushuntirish
Sog'lom odamlar nimalarga erishishi mumkinligi yoki aksincha holatlarini solishtirish
7. Ayol va erkaklar o'rtasida kasallik yoki og'riqdan shikoyat qilganda farq bormi?
*
Ayollar aniq kasalligi yoki dardini to'g'ridan-to'g'ri bayon qila olmaydi
Erkaklar og'riq joyini aniq ayta oladilar
Gender farq yo'q
Ayollar aniq ayta oladilar
8. Tug'ruq davrida ayolga eng taskin bera oladigan jumlalar qaysi?
*
Hammada ham shunday bo'ladi
Oz qoldi, hamma dardingiz unutiladi
Chidash kerak
Siz kuchli ayol ekansiz
9. Negativ qarashlarga to'la nogiron bemorga qanday muloqat qilish kerak?
*
Unda ozgina bo'lsa ham yaxshi tomonini topib maqtash kerak (masalan, sizning irodangiz kuchli, avvalgidan ancha yaxshisiz kabi)
Fikrlarni keskin, ishonch bilan aytish kerak
Tushuntirishning hojati yo'q
Bemorning fikrlarini tasdiqlab, unga ta'sir qilishga ko'p harakat qilish shart emas
10. Nevroz kasalligi bor odamlarda qanday muloqat bilan vahimani chegaralash mumkin?
*
Sizdan ham og'irroq kasallarni davolaganmiz
Vahimaga hech ham o'rin yo'q, siz sog'lomsiz
Kasallik sababini o'zidagi xavotir bilan bog'lash
E'tiborini boshqa narsaga qaratish (masalan, sayohat, marosim, sport), undan so'ngina davolash
11. Diabet kasalligiga uchragan odamlarni qanday nutqi bilan farqlash mumkin?
*
Ko'p gapirishi
Tushkun holatda so'zlashi
Jahl bilan gapirishi
Ko'p shikoyat qilishi
12. Impotensiya kasalligi bor bemorlarni davolashda eng samarali muloqat yo'li qaysi?
*
Sevimli mashg'ulotlari haqida so'z ochish
Kelajak haqidagi rejalari haqida so'rash
Davolanish albatta natija berishi haqida tez-tez eslatib turish
O'zini bemorning sirdoshidek tutishi
13. OITS kasalligi bor bemorlarga qanday muloqat qilish kerak?
*
Uning dardini to'g'ri baholab, boshqa bemorlarga qilgan muomala bilan bir xil muomala qilsa bo'ladi
Juda ehtiyotkorlik bilan
O'zini yaqin olgandek
Qisqa va lo'nda
14. O'lim yoqasidagi yosh bemor bilan yoshi ulug' bemorga bir xil muomala qilsa bo'ladimi?
*
Yoshi katta odam ko'p hollarda o'limga o'zi tayyorlanadi, rozilik so'rash, tavba qilish kabi suhbatlarga moyil bo'ladi
Yosh bemorlar qolgan umrini talvasada o'tkazmasligi uchun undan nimalar xohlashini so'rash kerak
Bunday bemorlarga mo'jizalar yuz berishi mumkinligi haqida gapirish kerak
O'layotgan bemorga o'tmishdagi eng baxtli kunlar haqida so'zlash kerak
15. Istalmagan homila haqida qanday so'z yoki iboralar homilador ayolni homiladan voz kechish fikridan qaytara oladi?
*
Naqadar baxt ekanligiga ishontirish
'Siz qotillikka qodirmisiz' kabi keskin savollar
Bu gunoh ekanligi haqida gapirish
Homiladan voz kechish bilan birga sog'lig'iga katta zarar keltirishi haqida axborot berish
16. Shifokor bemor bilan o'zining oilasi yoki o'ziga tegishli voqea-hodisalar haqida misol tariqasida gapirishi mumkinmi?
*
Ha, bemor shifokorni yaqin insonidek his qila boshlaydi
Yo'q, kasbiy chegaralar bo'lishi kerak
Bemor o'zini erkin tuta boshlaydi
Shifokor ko'p vaqtini yo'qotib, ish samarasi tushib ketadi
17. Mo'jiza berib, koma holatidan taxmin qilingandan ko'ra ancha yaxshi holatda chiqqan bemorga ahvoli haqida qanday axborot berish kerak, aks holda natija yomon bo'lishi mumkinligini qanday tushuntirish zarur?
*
Siz juda kuchli ekansiz, ammo bundan buyon ehtiyot bo'lishingiz kerak, aks holda jiddiy o'zgarishlar bo'lishi mumkin
Bir o'limdan qoldingiz, ehtiyot bo'lmasangiz bo'lmaydi
Xavf-xatar ortda qoldi, ammo siz noziklashib qolganingiz uchun butunlay yaxshi bo'lguningizcha nazoratda bo'lishingiz kerak
Ahvolingiz yaxshi, qo'rquv-vahimaga o'rin yo'q
18. Davolanib ketishi juda kam foiz bo'lgan nevrologik bemor farzandning onasiga bu xabarni qanday aytish to'g'ri?
*
Kasallik bedavo, ko'nikishingiz kerak
Bu kasallik tuzalib ketishi uchun ko'proq vaqt va e'tibor talab qiladi
Bunday bemorlarimning juda ko'pchiligi shifo topib ketishgan, bu ham yaxshi bo'lib qoladi
O'zgarishlar ancha yaxshi, e'tiborni yanada kuchaytirib, parvarishlashda xuddi shunday davom etamiz
Men tadqiqotda ishtirok etishga roziman va kiritilgan ma’lumotlarning ushbu tahlil doirasida qayta ishlanishiga rozilik beraman.
Yuborish