Dissertatisya
Tadqiqot haqida

Muallif va dissertatsiya ma'lumotlari

Ushbu platforma qaysi tadqiqot doirasida, kim tomonidan va qanday maqsadda yaratilganini shaffof tarzda ko'rsatish uchun.

Isroilova Dilbarxon Ikramdjonovna

Isroilova Dilbarxon Ikramdjonovna

Tadqiqotchi · Andijon davlat chet tillar instituti

Biografik ma’lumot

Isroilova Dilbarxon Ikromdjonovna 1978-yil 3-yanvarda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida ziyoli oilada tug‘ilgan. Millati - o‘zbek.
Dissertant D. Isroilova 1995-1999-yillarda Mirzo Ulug‘bek nomli Toshkent davlat universitetining “Roman-german filologiyasi” fakultetida bakalavr,
2007-2009-yillarda Toshkent davlat jahon tillari universitetining “Lingvistika (ingliz tili)” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tamomlagan.
2017-2018-yillarda Andijon davlat chet tillari institutining Ingliz tili grammatikasi kafedrasi o‘qituvchisi,
2018-2021-yillarda Andijon davlat tibbiyot institutining Pedagogika va psixologiya, tillar kafedrasida ingliz tili o‘qituvchisi,
2021-yildan hozirga qadar Andijon davlat tibbiyot institutining O‘zbek tili va adabiyoti, tillar kafedrasida lotin tili va tibbiy terminologiya fani o‘qituvchisi sifatida faoliyat olib bormoqda. Hozirgi kunda Andijon davlat chet tillari institutining Umumiy va qiyosiy tilshunoslik kafedrasining mustaqil izlanuvchisi.
Isroilova Dilbarxon Ikromdjonovnaning f.f.d., professor Shaxabitdinova Shoxida Xoshimovna rahbarligidagi “Tibbiy diskursning psixolingvistik tavsifi” deb nomlangan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi mavzusi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida B2024.4.PhD/Fil5431 raqam bilan ro‘yxatga olingan.

Ilmiy rahbarShaxabitdinova Shoxida Xoshimovna
Yo'nalishfilologiya fanlari doktori
UniversitetAndijon davlat chet tillar instituti
Email—
📞 +998 97 976 37 67

TIBBIY DISKURSNING PSIXOLINGVISTIK TAVSIFI

Tadqiqotning maqsadi tibbiy diskursning psixolingvistik, lingvokognitiv va lingvokulturologik xususiyatlarini tizimli tahlil qilish asosida uning leksik-semantik tizimi, sintaktik strukturalari va kognitiv-pragmatik strategiyalarini, shuningdek, tibbiy diskurs janrlarining psixolingvistik tavsifini kompleks o‘rganish orqali zamonaviy tibbiy diskurs tipologiyasini yaratish va uni qo‘llashning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash, tibbiy diskursning kompyuter lingvistikasi vositalari yordamida tahlil qilish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat

Metodologiya

So‘rovnoma dizayniSavol, validlashtirilgan shkala asosida.
Ma’lumot yig‘ishRespondentlardan onlayn platforma orqali ma’lumot yig‘ish.
Statistik tahlilEng ko‘p tanlangan javoblar, guruhlar bo‘yicha taqqoslash.

Maxfiylik va rozilik

Ushbu tadqiqotda ishtirok butunlay ixtiyoriy. Kiritilgan shaxsiy ma'lumotlar faqat ilmiy tahlil maqsadida ishlatiladi, uchinchi shaxslarga berilmaydi va natijalar faqat umumlashtirilgan (anonim) shaklda e'lon qilinadi.